Bosh sahifa » 2012 Iyun 7 » YUNONLAR ENG MEHNATSEVAR XALQ EMISH
12:18 YUNONLAR ENG MEHNATSEVAR XALQ EMISH | |
Yaqinda
o’tkazilgan so’rovnoma juda ham kulgili va ayni paytda juda ham qiziq
natijani e’lon qildi. So’rovnoma Pew Global kompaniyasi tomonidan
Yevropa mamlakatlarida o’tkazildi. Yevro
va Yevropa Ittifoqiga bo’lgan munosabatga oid savollardan tashqari
oltita mamlakat (Britaniya, Fransiya, Germaniya, Chexiya, Gretsiya,
Italiya, Polsha va Ispaniya) aholisiga qaysi xalq eng ko’p mehnat qiladi
degan savollar ham berildi. Kunday ochiq-oydin javob nemislar edi.
Lekin yunonlar ushbu javobni rad qildilar va buning o’rniga o’zlarining
nomzodini ko’rsatdilar. Qolgan 7 mamlakat aholisi nemislar uchun ovoz
berdilar. Ehtimol bu haqiqatga yaqindir. Lekin bu narsa to’g’ri
bo’lganda (ya’ni yunonlar eng mehnatsevar xalq bo’lganida), Yevropa
hozirgi iqtisodiy tanazzulga uchramas edi. Lekin
rostdan ham yunonlarning ish soatlari Yevropa mamlakatlari orasida eng
balanddir. Lekin har qanday iqtisodchi ta’kidlaydiki, ko’p ishlash
yuqori samaradorlikni bildirmaydi. Shuning uchun ham yunonlarning
samaradorligi nisbatan past. Mamlakatning og’ir ahvoli korrupsiya
natijasida yashirinib kelmoqda. So’rovnoma natijalariga ko’ra,
korrupsiya darajasiga ko’ra Yunoniston Italiyadan keyin ikkinchi o’rinda
turadi. | |
Категория: SHOV BIZNES OLAMI | Ko'rildi: 860 | Qo'shdi: ANIMEADMIN |
Всего комментариев: 0 | |