Bosh sahifa » 2012 Iyun 21 » Yoshlarni net buzyabdmi? Yoki yoshlar netnimi?
12:43 Yoshlarni net buzyabdmi? Yoki yoshlar netnimi? | |
saytdoshlar! Bugungi maqolam yoshlarni aynishiga net ( agent, odnaklassnik, vkontakte, facebook va boshqalar) sababchimi yoki yo'q? Shu xaqda. Aslida xam shundaymi? Manimcha yo'q!!! Aksincha yoshlar netni buzmayapdimi? Odamlar: Anu qiz yoki bola aynib ketibdi. Netga kirardi qara xulqi buzilibdi diyishadi! Yo tovba qanday qilib??? Shu netga kirgan odam aynib qolursa unda yoshlarni 80% aynib ketardiku!!! Menincha bunday: Yoshlar o'zlari netni aynitishganu bu virusni boshqalaga yuqtira olmay o'zlari battar aynib ketishgan))) Masalan odnada bemani gruppalar talaygina. Lekin buni odna adminlari ochib beryapdimi? Yo'q! O'zimiz ochamiz va o'zimiz yurutamiz. Xar- xil bemani logindagilani xam saytga ro'yxatdan o'tishida shuna bemani login ochishga xech kim majburlamidiku. O'zimiz xoxlagan gruppa ochamiz. Istagan loginda ro'yxatdan o'tamiz. Bunda netni aybi nima? Bizlarga shunday qulaylik yaratib berishgani ularni aybimi? Yana kamiga odnada klass va 5+ yigish uchun nimala qilishmidi diyishadi. Bu qaysudur manoda to'gri. Lekin bu ish ko'kanaylikga kirmidimi? Yoki qancha ko'p klass yiqsa unga mukofot beriladi deb o'ylislami))) Yo'q bunday emas. Bu shunchaki xavas. 1000000 ta klass yigsa xam 1 tiyin pul yoki mukofot berilmidi. 5+ uchun yarim yalangoch kiyinvolib devordi ushab rasmga tushib so'ng rasm tagiga Jdu koment))) deb yozib qo'yadigonlar xam talaygina. Aslida odnani emas shularni shayton deb atash kerek emasmikan? Endi bunda netni aybi nima? Rasm qo'yishga ruxsat berganimi? Aslida netni yani odnani shu kabi chiroyli shaytonlar aynitishmayapdimi? Ko'chada: anu qiz odnaga kiramikan? Loginini topish kere deb gaplashib. Kein uni odnada topadi. Qarasa qizni druzyasi 1000 ta yoki shunga yaqin. Keyin darroda palonchi xam aynib ketibdi. Nimaga desa: U odnaga kirakan. Druzyasi 1000 ta ekan. Voo katta jiyonat qibdiku bechora qiz. Uni tezda qamash kerak ularga qo'yib bersez)))) E do'stlar sal fikrleli. Qanday qilib shuncha odam bilan gaplashib bo'ladi? Manda 60ta druzyam bor. Shulani bari bilan gaplasha olme gangib qolamanu))) qanday qilib shunchasi bilan gaplashib bo'ladi. Shunchaki drujba yuborganlarni xafa qilmay qabul qiladi. Shunga endi tezda ayniganga chiqarib qo'yish bo'lmidida. Endi netni boshqa turi. Saytlarga kirish. Bemani saytlarga kiradgonlar xam bor. Bularga xam xech kim tel qilib bizni bemani saytga kir. Kirib videolani va rasmlani ko'r demidiku. U yerga xam o'z xoxishimiz bilan kiramiz. Gapdi ochig'i nima qilsak o'zimiz qilamiz. Foyda va zarari xam o'zimizga. Umuman netni qora qilishga xech kimni xaqqi yo'q. Xech kim sizni qo'lizdan tortib netga olib kirmidi. Odam avvalo o'z xis-tuygusini va aqlini nazorat qila olsa xech qachon aynimidi. Keyin odamdi qaerda ko'rgansila ayniganini? Nima odamzot biror yegulimi aynib qolgani))) Maqolam so'ngida xamma netni buzayotganlarga insof tilab qolaman. P.s Men ushbu maqolani o'z fikrimga tayanga xolda yozdim. Afsus agent va odnadan boshqa tanishuv saytlar xaqida malumotga ega emasman. Men shu ikkisidan boshqa yerga kirmiman. Qimmatli vaqtingzni va ko'z nurlarizi ayamey yozganimi o'qiganila uchun oldindan raxmat. | |
Категория: QIZIQARLI MALUMOTLAR | Ko'rildi: 915 | Qo'shdi: ANIMEADMIN |
Всего комментариев: 0 | |