Salom sizga, Гость! Ro'yhatdan o'tish RSS

BEKORCHI.UZ

Payshanba, 16.01.2025
Bosh sahifa » 2011 » Aprel » 5 » Yaxshi ustozga munosib shogird...
11:12
Yaxshi ustozga munosib shogird...
ISLOMNET.UCOZ.RU
Konsert kunlari uzaytitildi...
Sana: 31-03-2011

Sevimli xonandamizning konsertiga tushish istagini bildirgan ko'p sonli muxlislarimizning iltimoslariga binoan konsert kunlari aprel oyining oxirigacha uzaytirildi. Bundan tashqari dam olish kunlari soat 14:00da ham seanslar bo'lib o'tadi. Chipta ololmagan muxlislar tezroq harakat qilishlariga to'g'ri keladi, chunki konsert zalidagi o'rindiqlar soni chegaralangan.

Bugun poytaxtimizdagi Zarafshon konsert zalida "Ozod-shou" ko'rsatuvining navbatdagi soni suratga olindi. Har doimgidek konsert zali san'at shinavandalari va ardoqli el san'atkorining muxlislari bilan to'ldi. Bu safar ham "Ozod shou" ijodkorlari dasturni ma'roqli o'tishi uchun ter to'kib mehnat qilganliklari shundoq ko'rinib turibdi.
Dasturni an'anaga ko'ra boshlovchi Ozodbek Nazarbekov "Ayirma" qo'shigi bilan boshladi . Ko'rsatuvga O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar Mirza Azizov va Tojibar Azizova, "Nihol" mukofotining sovrindori Xilola Hamidova, taniqli xonandalar Abdurashid Yo'ldoshev, Jahongir Foziljonov, Ruxshona va boshqa san'atkorlar ishtirok etdilar.
Dastur mehmonlarining ijroviy chiqishlarini Tojibar Azizova mard o'g'lonning onasi tilidan aytilgan ajoyib qo'shiq bilan boshlab berdi. Keyin esa Mirza Azizov bilan birgalikda "Sallona" qo'shig'ini duet tarzida ijro etishdi.
Ayniqsa, Jahongir Foziljonov va Ruxshona ijro etgan hazil duet tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo'ldi. Bundan tashqari, san'at instituti talabalari va o'zbek jang san'ati federatsiyasi a'zolarining chiqishlari ham dasturga yanada fayz va ko'tarinki ruh bag'ishladi.
Shou chinakam ma'noda shouga aylanish bilan birga yangi iste'dodlarni sahna yuziga olib chiqqan ijodiy kechaga ham aylandi.
Agar mazkur ko'rsatuv tavsilotlari bilan batavsil tanishmoqchi bo'lsangiz unda "Ozod shou" ni tez kunlarda NTT da kuting.

Категория: SHOV BIZNES OLAMI | Ko'rildi: 970 | Qo'shdi: ANIMEADMIN
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]