18:43 Tennis klubi yoshlar bilan gavjum | |
Yozgi ta’til mavsumida shahar va qishloqlarimizdagi zamonaviy sport inshootlari maktab o‘quvchilari bilan yanada gavjumlashadi. Qarshi shahridagi markaziy tennis klubi qoshida tashkil etilgan to‘garaklarda ham shu kunlarda mashg‘ulotlar qizg‘in. Bu yerda yuz nafardan ziyod o‘g‘il-qiz katta tennis sirlarini o‘rganmoqda. To‘rt nafar malakali murabbiy yosh tennischilar bilan mashg‘ulotlarni o‘ndan ortiq zamonaviy kortlarda olib bormoqda. – Tennis ko‘p harakat talab qiladigan o‘yin, – deydi klub murabbiyi Olim Annaqulov. – Shuning uchun mashg‘ulotlarda asosiy e’tiborimizni bolalarning umumiy jismoniy rivojlanishiga qaratamiz. Ularga yugurish, sakrash va raqsga xos harakatlarni o‘rgatamiz, gimnastika va suzish bilan ham shug‘ullanishi zarurligini tushuntiramiz. Bu yosh sportchilarda epchillik, tezkorlik va mo‘ljalni aniq olish bilan bog‘liq juda muhim ko‘nikmalar shakllanishiga xizmat qiladi.
| |
Категория: QIZIQARLI MALUMOTLAR | Ko'rildi: 727 | Qo'shdi: ANIMEADMIN |
Всего комментариев: 0 | |