Bosh sahifa » 2012 Yanvar 4 » Siz Halol insonmisiz?
00:04 Siz Halol insonmisiz? | |
Keling, sinab kўramiz. quyidagi javoblar ichidan o'z fe'l-atvoringizga mos keladiganlarini tanlang! 1. Deylik, sizdan qandaydir ishni bajarib berishni iltimos qilishdi. Osha ishni ko'ngildagidek qilib bajarmadingiz, buni o'zingiz yaqqol his etib turibsiz. Shu payt kimdir sizni ochiq-oydin maqtashni boshlaydi, siz esa: a) Bu maqtovni qabul qilaman — 0; b) Bu ishni yanada yaxshiroq bajarmoqchi edim, deyman — 3; v) Ishni vijdonan bajarmaganim haqida meni shu ishga yollagan kishiga keyinroq aytaman — 1. 2. Do'stingiz yoki dugonangiznikida mehmon bo'lib turgan paytingiz, tasodifan ularning bitta chinni idishini sindirib qo'yydingiz, ammo buni mutlaqo sezishmadi, shunda siz: a) Keyinroq, boshqa shunga o'xshash idish yuborib, xat orqali kechirim so'rayman — 1; b) Yuz bergan voqea haqida uy bekasiga aytib, yangi idish olib beraman — 3; v) Idish siniqlarini yashirib, buni hech kimga bildirmayman — 0. 3. Ko'chadan hamyon topib oldingiz, uning ichida besh ming so'm pul bor ekan: a) Uni darhol milisiyaga topshiraman — 3; b) O'zimga olaman — 0; v) Pulni xayriya yo'lida sarflayman — 1. 4. Yegan taomingiz uchun oshxonada to'lanishi kerak bo'lganidan ko'ra, ikki yuz so'm kamroq pul olishsa, siz: a) Hisob-kitob varaqasida ko'rsatilgan pulni to'liq to'layman — 0; b) Ofisiantga choy-chaqa qoldiraman — 1; v) Ofisiantdan hisobimni qaytadan tekshirib ko'rishini so'rayman — 3. 5. Mashina boshqarib ketayotgan paytingizda xayol bilan svetoforning qizil chiroqi yonib turganda o'tib ketdingiz. DAN xodimi sizni to'xtatdi. Siz: a) Unga ko'rish qobiliyatim sustligini aytaman — 0; b) Yo'l qo'ygan xatoimni ochiq-oydin tan olaman — 3; v) Chorrahani kesib o'tayotganimda yashil chiroq yonib turganligini aytaman — 1 | |
Категория: QIZIQARLI MALUMOTLAR | Ko'rildi: 772 | Qo'shdi: ANIMEADMIN |
Всего комментариев: 0 | |