08:46 SHUXRATBEK YO’LDOSHEV Shohruhxoni nomini sotib olib, akam deb hammani aldab yurgan | |
Shuhratbek Yo'ldoshev 1987 yil Fevral oyining 26 sanasida tavallud topgan. Ilk qo'shig'i: "Kel desam" taronasi. Dilshod Umarov: Bugungi kungacha aytilgan qo'shiqlaringizni avj pallasini akajoningiz va ustozingiz Shohruhxon aytib bergani, studiyada soatlab qo'shiq aytaman deya ovoz yozish rejissorlarini qiynatib yuborishingiz va san'at osmoniga faqat va faqat moddiy yordam uchun qo'shiq aytayotganingiz qanchalik haqiqat? Shuhratbek Yo'ldoshev: Nega endi savolingiz boshida qo'shiqlarning avj pallasini akangiz aytib bergan ekan deb aytdingiz, bu gapni qayerdan oldingiz bilmadim-u ammo qo'shiqlarimni men juda ko'p mashq qilib o'z vaqtida ustozim va akam Shuhruhxondan kerakli joylarini o'rganaman, lekin qo'shig'imning hech qaysi joyini akam aytib bermagan. Undan keyin san'atga moddiy yordam uchun qo'shiq aytayapsiz degan savol menimcha ortiqcha, sababiki san'atkor tadbirkor emas pul topish uchun bozorga chiqmaydi. Demoqchi bo'lganim muhlislar menga moddiy yordam ko'rsatishmaydi balki muhlislik qilishadi qarsak chalishadi. Men esa san'atga o'z muhlislarimni topish maqsadia ijod qilyapman.
Dilshod Umarov: San'atda oyim va akamning yordamlarisiz mashxur bo'lish istagidaman deya oyingizning filmlarida suratga tushib akangizga aytishi kerak bo'lgan qo'shiqlarni aytayotganingiz nimadan dalolat?
Shuhratbek Yo'ldoshev: Meni aytgan gapimni eshitganingiz to'g'ri lekin
yon atrofdagilarim, san'atda o'z o'rnimni topishimda yordam berishining
hech qanday yomon tomonlari yo'q. San'atda oyim va akamsiz nomi orqali
mashxur bo'lmoqchi emasman, lekin ularning yaqinlarim sifatida yordam
qo'lini cho'zishining yomon tomoni yo'q. Shuhratbek Yo'ldoshev: Ha bu mish-mishni yaqindagina eshitib hayron bo'ldim.
Dilshod Umarov: Bilishimizcha xonanda bo'lishingizda Shohruhxon qarshilik bildirgan ekan. Shuhratbek Yo'ldoshev: Ha nafaqat akam balki oyim ham har bir shu mavzudagi iltimosimga yo'q, yo'q, deb javob berishgan.
Dilshod Umarov: Mana o'zingiz ham aytib turibsiz yo'q deb javob berishgan deb, o'zingiz o'ylab ko'rmadingizmi akam oyim, ukam san'atkor men ham shu yo'ldan yursam ortiqchalik qilmasmikan deya o'zingizga savol bermadingizmi? Shuhratbek Yo'ldoshev: Bilasizmi bir narsani istasak ana shu istagimiz amalga oshmagunga qadar har narsaga tayyor bo'lamiz. Bizning oilda muhit san'at bu ko'pchilikga ma'lum nima uchun san'atni tanladingiz degan savolga akamganing ijodiga juda qiziqaman ular kabi mashxur bo'lishini juda orzu qilaman , xonandalik kasbni tanlagnimning asli sababi menimcha shu bo'lsa kerak.
Dilshod Umarov: Kelgusida siz ham ukangiz Muhammad Ali va akangiz Shohruhxon kabi faqat onangizning filmlarida suratga tushmoqchimisiz? Shuhratbek Yo'ldoshev: Yo'q albatta bu savolingizga javob... Yaqindagina rejissorlardan biri filmga taklif etdi. Men hozir ssenariyni o'qiyapman nasib bo'lsa faqatgina siz aytganingizdek onamning filmlarida emas boshqa rejissorlarning kinokartinalarida ham suratga tushaman.
Dilshod Umarov: O'sha boshqa rejissor kim ekanligini bilsak bo'ladimi? Shuhratbek Yo'ldoshev: ( o'ylanib) Bu sir bo'lsa qolsin.
Dilshod Umarov: Demak sizni hech kim kinoga chaqirmagan buni o'zingiz ham ma'lum qilyapsiz? Shuhratbek Yo'ldoshev: Yo'q aldashga odobim yo'l qo'ymaydi ammo men yaqinda bir rejissor filmida suratga tushaman o'shanda suxbatimizni davom etiramiz.
Dilshod Umarov: Kelishdik! Ma'lumot: Shuhratbek Yo'ldoshevga qanchalik tanqidiy savollar bilan murojat qilmaylik o'z odobini ushlagan holda hech qanday shumliklarsiz javob berdi. Aytish joizki bu kabi xonandalar tor manoda kelgusida san'at osmonida o'z o'rnini topishga ishonamiz. | |
Категория: SHOV BIZNES OLAMI | Ko'rildi: 1508 | Qo'shdi: ANIMEADMIN |
Всего комментариев: 0 | |