Bosh sahifa » 2012 May 28 » Sevilgan hamda sevilmagan qizlar
16:49 Sevilgan hamda sevilmagan qizlar | |
"SEVIB SEVILMAGAN QIZLAR" : yohud sevilmagan qizning qasosi -Asli
hikoya Go'zalni Bobur sevib qolishidan boshlandi. Rayhona bilan Go'zal
dugona edilar. Rayxona Boburni ancha vaqtlardan biri sevar edi.Unga
befarq emasligini bir necha bor unga bildirmoqchi bo'ldi-yu, lekin har
gal Bobur undan o'zini olib qochar edi. Bir kuni Bobur Go'zalga sevgi
xati yozdi. Go'zal xatga qayrilib ham qaramadi xatni olib kelgan odamga:
"boshqa menga xat olib kelmang do'stizga ayting boshqa xat yozmasin."
Go'zalning yuragi g'ash bo'ldi. Chunki u bilardi Rayhon Boburni
sevishini. Rayhon xat kelganini bildi va Go'zalga boshqacha qarab
qo'ydi. Shunda Rayhon ning jahli chiqib, sinfdoshlariga "Go'zal Boburga
suykalib yurubdi degan gap chiqardi. Bu gap butun mahallaga yoyildi. Bu
gapni Go'zalning otasi ham eshitdi. Rayhon shu yo'l bilan Go'zalni
azoblantirmoqchi bo'ldi. Kunlarning birida Go'zal kuchada ketib borardi.
Yo'lda gaplashib turgan qo'shni ayollarning gaplari qulog'iga elas-elas
eshtilardi:-Qo'shnijon anavi Ahmat akani qizi Go'zal qo'shni
mahalladagi Bobur bilan oshiq- moshiq bo'lib yurarmish eshitizmi? Go'zal
yaxshi qiz edi shekile!? Guzal qo'shnilari oldidan salom berib o'tib
ketar ekan yuragi o'rtanib ketdi o'ziga o'zi:- "aybim nima? aybim
sevilganimi ! Ko'zlaridan marjon kabi oqayotgan yoshlarini
bilintirmasdan arti. O'qishga kechikayotgan edi shuning uchun
qadamlarini tezlatdi. Aslida uning ko'ngli Boburda emas edi. O'qishga
borsa ham hammaning og'zida shu gap. Go'zal o'zini hech nimani bilmagan
odamdek darsiga kirib ketdi. Uyga juda yomon ahvolda keldi. Ko'ngliga
chiroq yoqsa yorishmasdi. Ahmad aka ulfatlari bilan o'tirardi. Hadan
ziyod kayfi oshib qolgan Ahmad akaning do'sti Zoir aka behosdan Go'zal
haqida aytib qoldi. Kech tushdi Go'zal onasi ekalasi ovqatlanib
o'tirishardi. Shu vaqt eshik taqiladi Go'zalning otasi mast ahvolda uyga
kirib keldi. Ko'zlarida nafrat o'ti yonmoqda dastirxon ustidagi
pichoqni olib bir rafiqasiga, bir qiziga qaraydi. Hech ekilanmay
pichoqni, yakka-yu yolg'iz qizining bag'riga pichoqni sanchidi. Nima
bo'layotganini anglolmay qolgan Go'zalning og'zidan faqat bitta
so'z:"nima uchun!!!" degan so'z chiqdi halos. Otasi qizining jasadiga
qarar ekan "qizim meni kechir men nomus oldida ojiz qolgandim" deya
yoshlarini yashirolmadi. Hali 17 yoshga kirmay birovlarning be o'rin
bilib bilmay gapirgan tuhmatlari evaziga bu hayotdan ko'z yumdi. Bechora
onaezor, turmush o'rtog'i tomonidan o'ldirilgan qizining uzun
sochlarini silab o'tirardi. Hali hayotning zavqini tuyushga ham
ulgurmadi.Yotadi yerda jonsiz. Osmonga farishtalar kabi uchib ketmoqda.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki tuhmatdan ollohning o'zi asrasin | |
Категория: SEVGI DUNYOSI | Ko'rildi: 900 | Qo'shdi: ANIMEADMIN |
Всего комментариев: 0 | |