Bosh sahifa »
2011 » Iyun » 30 » Sevgini deb Ota-onadan kechish kerakmi?
11:57 Sevgini deb Ota-onadan kechish kerakmi? |
ASSALAMU A'LAYKUM VAROHMATULLOHI
VABAROKATUH Aziz saytdoshim. Bugun sizlarga yoritib bermoqchi bo'lgan
mavzu juda xam dolzarb mavzu desam xam bo'ladi. Xech o'ylab ko'rganmisiz
aziz saytdosh. She'rlar uz saytiga maslaxat so'rab ko'pchilik
do'stlarimiz o'z dardlarini yozadilar. Ammo, ko'pchiligi o'z ota
onasidan norozi bo'lishadi. Xo'sh bunga sabab nima???. Ota ona
farzandiga yomonlikni ravo ko'rmaydi, Nima uchun bazi saytdoshlarimiz
Sevgilisini ota onadan xam ustun bilishadi. Naxotki shu darajaga yetib
kelishiga , Xozir qo'l telefoni, komyuteri, interneti borligiga va o'zi
bilimli ekanligiga sabab Ota ona ekanligini anglab yetishmasa. Ota ona
farzandi uchun o'zi yemay yediradi, kiymay kiydiradi, Ammo farzandi
ulg'aygach uning xayotida o'zga bir inson paydo bo'ladi, o'sha insonni
atigi 2 yoki 3 yillik mexri, ota onaning 18-19 yillik mexr muxabbatidan
ustun bo'lsa? Ota-onasiz, Mexribonlik uyida katta bo'layotgan bolalar
xaqida Kinolar orqali ko'p ko'rganmiz, Ular ota ona mexriga zor,
Biz-chi..? Ota onamiz yonimizda bo'lishsa-yu, ulardan etiborimizni
mexrimizni ayaymiz, Sevgan insonimizni ota onadan ustun bilamiz... Ota
onamiz yonimizda ekanligidan xursand bo'lib, Va Allohga shukur aytaylik.
Ota ona g'animat, Azizlar keling oz bo'lsa-da o'ylab ko'raylik, Ota
onamiz yonimizda ekanliklarida qadriga yetib ularni duosini olaylik,
Vaxolangki ular bu dunyoni tark etganlarida armonda qolmaylik.
Baxtimizga barchamizning ota-onalarimiz sog' omon bo'lishsin. omin. Mexr
oqibatli farzand bo'laylik. |
Категория: SEVGI DUNYOSI |
Ko'rildi: 700 |
Qo'shdi: ANIMEADMIN
|