Sigareta chekish odamlar uchun har kunlik odatiy hol bo'lib qolgan. Uni
chekayotkanda inson o'zi va atrofidagilar salomatlariga qancha zarar
yetkazayotkanini bilmaydi. Chekishni boshlagan inson organizmida
ozgincha vaqt o'tib nikotinga ko'nikish xosil bo'ladi, keyinchalik
organizm nikotin moddasini yanada ko'proq talab qiladi va inson ko'proq
chekishni xohlaydi. Bu esa yillar o'tkan sari organizmning har bir
bo'lagini ishdan chiqaradi. Shuning uchun sigareta chekishni to'xtatib
sog'lom turmush tarzini boshlashimiz kerak. Quyidagi maqolada siz
chekishni to'xtatish bo'yicha bir nechta maslahatlarni bilib olasiz.
Chekish sabablari
-
Balog'at yoshiga yetkanda yosh jon kattalarga o'xshab yurishni xohlaydi.
"Sigareta cheksam odamlar ko'ziga kattalardek ko'rinaman, hurmatim
oshadi"
deb o'ylaydi. Ko'pchilik sigaretani balog'at yoshiga yetkanda boshlaydi;
Do'stim chekish sizga xech qachon obro' olib kelmaydi.
-
Ba'zilar do'stlarini chekayotkanlariga qiziqib, ulardan
qolishmasliklarini isbotlab yoki ularga xavas qilib chekishni
boshlashadi.
-
Boshqalar esa "sigareta siqilganda foyda beradi" degan gaplarga ishonib,
kayfiyat yo'q kundan sigaretani tatib ko'rishadi. Bu esa bir kun
boshlanadi, keyin yana takrorlanadi va davom etib ketadi. Ishoning,
siqilishni oldini olish uchun boshqa foydaliroq choralar ham bor.
Ustiga ustak, sigareta chekaverib kasal bo'lib qolganingizda, ko'proq
siqilishga to'gri keladi.
-
Zerikkanda, bekorchilik vaqti ko'p bo'lganda inson nima bilan
shug'ullanishini bilmasdan, chekishni boshlaydi.
Chekish oqibatlari
- O'pkaga nikotin yig'iladi bu esa yurak hastaligi, immunitet
pasayishi va boshqa kasalliklarga olib keladi.
- Chekuvchidan yoqimsiz xid keladi. Chekmaydiganlarga bu tez seziladi.
Sizdan chekmaydiganlar o'zlaini uzoqroq ushlashga harakat qiladilar.
Ayniqsa, qizlarga bu xid yoqmaydi.
- Tishlar sarg'ayadi va og'izdan yoqimsiz xid keladi. Saqich
chaynashingiz mumkin, biroq saqichning xidi ketishi bilan o'pkadagi
qolgan sigareta moddalari xid chiqara boshlaydi.
- Chekayotkanda atrofdagi odamlarga ham tutun borib, ularni ham
salomatlariga zarar yetqiziladi. Bu farzandingiz yoki ayolingiz,
aka-ukalaringiz yoki opa-singillaringiz bo'lishi mumkin. Chekishingizga
odatlanib, farzandingiz ham sizdan berkitib chekishni boshlashiga
sababchi bo'lasiz.
- Har kuni 1 yoki 2 pachka sigareta olib pullaringizni shu zaharga
sarflaysiz. Sigaretaning o'rtacha narhi 2000 so'm bo'lsa 10 kunda siz
20.000 1oyda 60.000 so'm sarflaysiz. Undan ko'ra bu pullarni foydaliroq
narsalarga ishlating. Sport zaliga boring, kitob sotib oling, o'quv
kurslariga boring.
- Yuzga tez ajin tushadi, teri nosog'lom xolatga keladi.
- Tez-tez chuqur yo'talishlikka olib keladi
Chekishni tashlash bo'yicha maslahat
- 1 Sigareta tashlash uchun sizda aniq xohish va kuchli
iroda kerak bo'ladi.
- 2 Kelajakda organizmingiz nikotinni juda ham qattiq
talab qilib qoladigan xolatga tayyor turishingiz kerak. Bu paytda
ishtaxangiz vaqtinchalik buziladi, organizm tez charchaydi (bu xolatlar
vaqtinchalik). Lekin, baribir o'z kuchingizda turing. Shu vaqtda
qiziqroq ish bilan mashg'ul bo'ling.
- 3 O'zingizga savol bering, nega chekishni boshlagansiz?
nega chekasiz? U sizga qanday foyda beryapti? Savollarga real javob
bering, lekin boxonalar izlamang. Javoblaringizni o'ylab ko'ring bu
haqiqatdan ham to'g'rimi?
- 4 Uydagi sigareta pachkalar, rasmlar, zajigalka va
kuldonlarni tashlab yuboring. Ko'chalardagi, televizordagi sigareta
reklamalariga ahamiyat bermang, ular to'g'risida o'ylamang.
- 5 Chekishni tashlagan kuningizdan boshlab toza yuvilgan
kiyimlar kiying. Chunki oldinroq chekkaningizdagi sigareta tutuni xidi
kiyimingizga o'tirib qoladi.
- 6 Uyingizdagi barcha anjomlarni changini artib, tozalab
qo'ying. Yangi o'rinlarda yoting.
- 7 Atrofingizdagi odamlar chekadigan bo'lsa uzoqroq
turing, do'stlaringizni ham chekishni tashlashga undang, ular
chekayotkanda birga turmang. Sigareta tashlayotkanlar yoki
chekmaydiganlar bilan suhbatda bo'ling. Ular sizni chekmaslikka ko'proq
undaydilar.
- 8 Chekkingiz kelganda chuqur nafas olib, sekin xavo
chiqaring. Bu xarakatni 3-4martalab davom ettiring.
- 9 Ko'proq suv, sok, kompotlar ichib turing.
Organizmdagi nikotin moddasini tezroq yuvilib ketadi.
- 10Chekishni tashlash jarayonida kofe va alkogol
maxsulotlarini iste'mol qilmang
- 11 Sport bilan shug'ullanib turing. Ko'chaga chiqib
yuguring, sport zallariga boring. Yoki o'zingiz qiziqqan hobbi bilan
shug'ullaning.
- 12 Xumor kelganda "oxirgi martta chekaman, bo'ldi" deb
o'zingizni aldamang. Bunday harakat bilan xech qachon chekishni tashay
olmaysiz.
- 13 Quyidagi rasmni telefoningizga ko'chirib oling, yoki
uni ish stolingiz ustiga qo'yib qo'ying, yoki eslab qoling.
|