Bosh sahifa » 2011 May 13 » Muhabbat shumi?
22:05 Muhabbat shumi? | |
Oradan ancha kunlar utdi o'shanda
o'sha yigit meni oldimga kelib meni muhabbatimni qozonishga oshiqadi.
Menchi u kim o'zi? derdim va uni hech qachon uni yoqtirib qolaman deb
uylamagan edim. U bir kuni men *seni sevaman dedi* va u bilan birga
bo'lishimni so'radi, menchi birovni sevgisini rad etolmadim. Chunki
aslida meni ham unda kunglim bor ekan. O'sha kuni dugonamga buni aytim
bor narsani. Lekin dugonamchi u ham u yigitni yoqtirgan ekan lekin
aytmagan ekan. Men ikki o`t orasida qoldim, lekin dugonam shunchalik
yaxshi qiz ediki sizlar birga bo`laveringlar dedi, va sevgisidan vos
kechdi. O'shanda bir tomonlaman hursand bo`lsam bir tomonlarma hafa
edim, lekin o`sha bolani rostanham sevib qolgandim. Oradan kunlar o`tdi
va men uni aslida qanday ekanligini bildim. U qizlarsiz tura olmaydigan
yigitlardan ekan, umuman dunyoqarashlari menikidan farq qilarkan. Men
bilan bo`lgan paytlari ham boshqa qizlardan ko'zini uzolmasadi. Bundan
keyin uni kursdoshlari menga u tug'risida yomon gaplar aytishdi meni
hayolimda ham bir fikr bor edi, u balki meni sevmas shunchaki laqilatib
yurgandir degan. O'shandan keyin u bilan orani ochiq qilmoqchi buldim.
Chunki uni tez unitaman deb uylagandim. Lekin bunday bo'lib chiqmadi.
Balki u bilan orani ochiq qilib hatto qilgandirman?...Lekin uni qizlarga
o`chligi meni bu yo'lni tanlashga majbur qildi. U meni tez unitdi
shekili boshqa qizlarga o`tdi, va o'sha qizni meni boshqa dugonamni
tanladi u qiz meni kursimga borardi. Endi o'sha eski dugonamni ahvolini
tushundim. Hozir bo'lsa u yigit kursimizga kelib o`sha qizni kutib uni
laqilatish maqsadida. Buni ko`rib meni yuragim orqaga tortadi uni asli
basharasini shunchalik qalinligini va muhabbat nima ekanligini
bilmasligini bilmagandim. Agar buni oldinroq bilganimda umuman u bilan
birga bo'lmagan, va hech qachon yuragimdan joy bermagan bo'lardim. U
kursimizga kelib o`sha qizni kutib termuladi oldinlari men uchun kelardi
buni kursdoshlarimiz ko'rib qara seni kutyapti deyishadi lekin
bilamanki u meni emas boshqasini kutadi. Ularga nima deyishni bilmayman.
Nima shunchalik oson ekanmi? Sevgi deganlari. Uni hayolimdan butkul
o'chirishni hohlardim...lekin udasidan chiqa olmayapman va men o'zimni
bahtsiz his qilyapman. Nima qilishni bilmayman iltimos maslahat
beringlar...
Negadir kunglim g'ash
Atrofga boqaman qib qizil quyosh
Aziz tog'lar ortiga yo'l olgan,
Osmon qorong'u
Huddi zim ziyo qalbim misoli.
Kun o'z payoniga yetmoqda,
Misli meni hayotim singari.
Lekin nega? ahir meni yashagim
kelyapti,
Men hali yoshmaniku...
yuragim tubidagi qancha orzu
umidlarim,
nima bo'ladi?
Mening bahtimni kutayotkan
ota-onamchi?
Afsus qismatim oldida ojisman,
Endi yam yashil darahtlarni
Shamolar bilan g'amgin
shivirlari mendan yiroq.
Yaqinlarimni shodon kugisi menga
begona! | |
Категория: SEVGI DUNYOSI | Ko'rildi: 996 | Qo'shdi: ANIMEADMIN |
Всего комментариев: 0 | |