Salom sizga, Гость! Ro'yhatdan o'tish RSS

BEKORCHI.UZ

Juma, 17.01.2025
Bosh sahifa » 2012 » Mart » 4 » HISSIYOTLAR UYG'UNLIGI! psihologi4iski test
18:23
HISSIYOTLAR UYG'UNLIGI! psihologi4iski test
Bir-birini sevgan kishilar hayotda
doimo do‘stona, kelishib yashashga intilishadi. Lekin hamisha bu istak
amalga oshavermaydi. Shunday
lahzalarda qaynoq sevgi sarobga
aylanib ketishi ham mumkin. Xo‘sh, yostiqdoshingiz bilan hissiyotlaringiz
uyg‘unmi?
Quyidagi testni yechib, shu savolga javob toping.
1. Ba’zan kimnidir sevishdan oldin ehtiroslari mos keladimi-yo‘qmi, shuni tekshirib ko‘rish kerak, deyishadi. Bunga qanday qaraysiz?
a) to‘g‘ri (6 ball)
b) asosiysi, bir-birini qattiq sevish.
Shunda muammo bo‘lmaydi (3 ball)
v) ehtiros hayotda asosiy narsa emas
(0 ball)
2. Vaqtingiz yo‘q. Yostiqdoshingiz tanishlari bilan ziyofatga ketdi.
Keyinroq sizga kimdir uning begona
kishi bilan yurganini aytsa, nima
qilasiz?
a) bo‘lishi mumkinmas, unga ishonaman (5 ball)
b) qanday dahshat! Uni ko‘rishni ham istamayman (1 ball)
v) hammasiga o‘zim aybdorman (4 ball)
3. O‘ylab o‘tirmay, o‘zingizga yoqqan uch mashg‘ulotni tanlang.
a) g‘iybat (6 ball)
b) kompyuter (1 ball)
v) mas’uliyatli ish (1 ball)
g) shovqinli kecha (5 ball)
d) nozlanish (7 ball)
e) romantik sarguzasht (4 ball)
j) janjal (2 ball)
z) bahs (3 ball)
i) boshqalarga ko‘mak berish (2 ball)
k) mashinada sayr qilish (5 ball)
4. Siz yoqtirgan rangingiz qaysi
guruhga mansub?
a) yashil, sariq, to‘q sariq (2 ball)
b) qora, qizil, ko‘k (5 ball)
v) pushti, och jigar rang, moviy(3
ball)
5. Quyidagilarning qay biri sizga
ma’qulroq?
a) dori (4 ball)
b) nimadandir himoyalanish vositalari
(3 ball)
v) oy kunlarini sanash (1 ball)
g) yuqoridagilardan boshqa hamma
narsa yoqadi (2 ball)
6. Siz tunda qay holatda uxlaysiz?
a) chiroqni yoqqan holda (6 ball)
b) qorong‘ilikda (2 ball)
v) uy pardalarini ochgan holatda (4ball)
7. Turmush o‘rtog‘ingizning suratlarini qaerda asraysiz?
a) yozuv stolida (1 ball)
b) alohida joyda (3 ball)
v) yostiq ostida (5 ball)
8. "Hissiz ayol bo‘lmaydi. Erkaklar uquvsiz, xolos”. Bu fikrga munosabatingiz?
a) xuddi shunday (3 ball)
b) bunday emas (5 ball)
v) bu gapda jon borga o‘xshaydi (2 ball)
9. "Sevaman” degan so‘zni tez-tez takrorlaysizmi?
a) har kuni (3 ball)
b) bu so‘zni deyarli tilimga chiqarmayman (1 ball)
v) tez-tez, lekin faqat sevgilimga
nisbatan emas (5 ball)
10. O‘tmishingiz haqida kim bilan suhbatlashish yengil kechadi?
a) faqat turmush o‘rtog‘im bilan (3 ball)
b) hech kim bilan(1 ball)
v) yaqin do‘stlar bilan (4 ball)
11. Muhabbat va ehtiroslarga oid
axborotlarni ko ‘proq qaerdan olish mumkin deb hisoblaysiz?
a) kitoblardan (1 ball)
b) jurnallardan (2 ball)
v) filmlardan (5 ball)
g) o‘z tajribamdan (3 ball)
12. Chiroq yorug‘ida muloyim bo‘la olasizmi?
a) yo‘q (1 ball)
b) ha (4 ball)
v) faqat sham yorug‘ida muloyimlashaman (3 ball)
13. Uydan tashqarida kim bilan yaqin
munosabatga kirishishingizni
tasavvur eta olasizmi?
a) ha (7 ball)
b) yo‘q (1 ball)
v) agar yaqin atrofda hech kim
bo‘lmasa (5 ball)
14. Spirtli ichimliklar iste’mol qilasizmi?
a) yo‘q (1 ball)
b) ba’zida pivo ichib turaman (3 ball)
v) tez-tez (5 ball)
15. Xayolparastlik nima?
a) yaqinlikka olib boruvchi yo‘l (1 ball)
b) ba’zida ovunchoq vazifasini o‘tovchi vosita (3 ball)
v) bu narsa sevishga xalal beradi (5ball)
16. Odamning sezgi a’zosi qaerda joylashgan?
a) yelkasida (6 ball)
b) oyog‘ida (2 ball)
v) boshida (3 ball)
17. Quyidagi manzillarning qay birida
yillab yashashni istardingiz?
a) San-Frantsisko (6 ball)
b) Nitstsa (4 ball)
v) Florentsiya (2 ball)
18. Agar sehrgar sizni bir kunga
hayvonga aylantirib qo‘ysa, quyidagi jonivorlarning qay birini tanlardingiz?
a) fil (4 ball)
b) sher (6 ball)
v) mushuk (5 ball)
G) ilon (1 ball)
d) to‘ti (2 ball)
e) ayiq (3 ball)
19. Qanday holatlarda ehtirosga
to‘lasiz?
a) moda jurnallarini tomosha qilsam
(5 ball)
b) go‘zal insonlarga boqsam (3 ball)
v) bilmadim (1 ball)
NATIJALAR:
23-49 ball. Siz o‘z hislaringizdan qo‘rqasiz. Nega bu testga qiziqib qoldingiz, hayronmiz.
50-76 ball. Hammasi yaxshi. Siz
muhabbatga katta e’tibor berasiz. Suyukligingiz bilan birgalikdagi
hayotingizga havas qilsa arziydi.
77-100 ball. Muhabbat siz uchun
buyuk tuyg‘u. Faqat qaysi go‘zalni ko‘rib qolsangiz, o‘sha yoqqa chopib ketaverasiz. To‘xtang, oldin ortga bir nazar tashlab oling.
Категория: QIZIQARLI MALUMOTLAR | Ko'rildi: 845 | Qo'shdi: ANIMEADMIN
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]