Bosh sahifa » 2012 Febral 18 » Hayot uchun 15 maslahat
11:54 Hayot uchun 15 maslahat | |
![]() 1. Qo’ng’iroq qilishga va’da berdingizmi, qo’ng’iroq qiling. 2. Kechga qolyapsizmi? Ogohlantiring. 3. O’zgalar orzusi ustidan kulmang. 4. Bir bor xiyonat qilgan kishi bilan qayta do’stlashmang. Chunki u o’zgarmaydi. 5. Ota-onangizga ko’proq vaqtni ajrating va ularga ko’proq yaxshilik qiling. Chunki ular g’animatligini esdan chiqarmang. 6. Halimlik, shirin so’z bilan dunyoni oilsh mumkin. Shirinso’z va shirinsuxan bo’ling. 7. O’z xatoingizni tan olishni biling. 8. Shikoyat qilaverishdan o’zingizni tiying. Chunki birovning tashvishi birovga yoqmaydi. 9. O’zgalar ortidan g’iybat qilmang. 10. Jahlingiz chiqqan paytda uxlab dam oling. Har qanday holatlar o’tkinchi ekanligini unutmang. 11. Faqat oldinga harakat qiling. Sinab ko’ring, foydasi tegadi. 12. Har qanday jiddiy bahsda ham birovning ko’nglini og’ritmang. Siz bir kuni u bilan yarasharsiz, ammo ko’ngilda asorati qolishi mumkin. 13. Hamma vaqt rost so’zlang, shunda xotirjam bo’lasiz. 14. Fikr keldimi? Yozib qo’ying. 15. Qiyin ishlaringizni kunning birinchi qismidayoq bajarib qo’ying, kunning qolgan qismida u haqda o’ylab yurmaysiz. Bu maslahatlar qachonki, ularga rioya qilsangizgina foyda beradi. Fikrlaringizni kutib qolaman! Hayot hamisha totli, uning qadriga yeting! | |
Категория: QIZIQARLI MALUMOTLAR | Ko'rildi: 864 | Qo'shdi: ANIMEADMIN |
Всего комментариев: 0 | |