Salom sizga, Гость! Ro'yhatdan o'tish RSS

BEKORCHI.UZ

Juma, 17.01.2025
Bosh sahifa » 2011 » Okrtabr » 9 » HAYOT QAHVASI
23:37
HAYOT QAHVASI


Bir guruh bitiruvchilar universitetdagi professor o‘qituvchisini ko‘rishga  borishibdi. Hol-ahvol so‘rab suhbat boshlangandan biroz keyin mavzu hayot va ishdagi qiyinchilik va muammolarga borib taqalibdi.  Orada professor talabalarga qahva olib kelish maqsadida oshxonaga chiqib ketibdi. Birozdan keyin patnisda har xil idishchalarda qahva olib keldi.  Ularning biri chinni, biri sopol, biri shisha va yana boshqasi plastmassa edi. Ba’zilari juda qimmatbaho, ayrimlari esa arzon edi. Professor idishlar turgan patnisni o‘rtaga qo‘yib, mehmonlarga "marhamat” dedi. Oldin kelgan talabalar yaxshiroq idishlardagi qahvalarni tanlab olishib, keyinroq kelganlarga oddiy idishlardagisi qoldi.

Shunda professor dedi: " E’tibor bergan bo‘lsangiz, avval qimmatbaho idishlardagi qahvalar tanlab olindi. Keyingilarga esa oddiy va arzon idishlardagisi qoldi. O‘zingiz uchun eng yaxshi narsalarni tanlash oddiy hol, albatta. Lekin ish va hayotdagi kamchilik hamda muammolar manbayi ham aynan shularda. 


Aslida, idish qahvasiz hech qanday qiymatga ega emas, garchi unga ko‘p pul sarflangan bo‘lsa ham. Aksincha, u ichidagi ichimlikni ham yashiradi. Vaholanki, sizga qahva kerak, idish emas. Lekin siz asosiy maqsad qolib, chiroyli idishlarga mahliyo bo‘ldingiz. Oqibatda bir-biringizdagi idishlarga ko‘z olaytira boshladingiz.”

Inchunun, hayot qahva, ish, pul va jamiyatdagi mavqelar bilan o‘lchanmaydi. Ularning vazifasi turmushda zarur bo‘lgan vositalar, xolos. Shu bilan birga, gap qahva idishlarida ham emas. Uning hayotimizga hech qanday ta’siri ham yo‘q. 

Taqdir bizga qahva bermoqda, idish emas. Shu bois qahvangizni seving.

Baxtiyor insonlar hamma narsaning yaxshisiga ega bo‘lganlar emas, aksincha, hamma narsadan yaxshilikni ko‘ra olganlardir.

Oddiy hayot chuqur hurmat, shirin suhbatdan iborat. Ularni asrang, qolganini orqaga tashlashga o‘rganing.

Категория: QIZIQARLI MALUMOTLAR | Ko'rildi: 744 | Qo'shdi: ANIMEADMIN
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]