Salom sizga, Гость! Ro'yhatdan o'tish RSS

BEKORCHI.UZ

Shanba, 18.01.2025
Bosh sahifa » 2012 » May » 18 » Eektrmotorli velosipedni 2012?
11:10
Eektrmotorli velosipedni 2012?

Ushbu dam olish kunlarida Audi kompaniyasi elektrmotorli yangi karbon velosiped (e-bike) ni namoyish etadi. Taqdimot Avstriyada bo'lib o'tadigan "Worthersee Tour” festivali doirasida o'tkaziladi. 



Velosiped qariyb 100 foiz karbondan ishlangan. Temirplastikdan 26-dyuymli g'ildirak disklari (har biri 600 gramm), rama (1,6 kilogramm) va orqa g'ildirak to'sini uchun foydalanilgan. 2,3 kilovatt (250 Nm) kuchga ega bo'lgan elektromotor ramaning eng quyi qismiga o'rnatilgan va zanjir orqali orqa g'ildirakni harakatga keltiradi. Audi e-bike batareykani hisobga olmaganda 21 kilogramm og'irlikka ega.



530 vatt-soat quvvatga ega ionn akkumulyatoriing og'irligi besh kilogramm keladi. U ham ramaning ichiga joylashtirilgan. Akkumlyatorni quvvatlantirish uchun 230-voltli elektr manbasiga 2,5 soat davomida ulab qo'yish talab etiladi. Yoki ikkita akkumlyatordan navbatma-navbat foydalanish ham mumkin.






Velosiped elektr tizimi 5 ta dastur orqali boshqariladi. Birinchisi - Pure — bunda velosiped faqat pedallar yordamida harakatlanadi. Ikkinchisi — Pedelec — endi elektromotor velosipedchiga tezroq yurishga ko'maklashadi va transport vositasi soatiga 80 kilometr tezlikda harakatlanshi mumkin bo'ladi (elektrmotor 50-70 kilometrgacha tinmay ishlashi mumkin). eGrip rejimida esa faqatgina elektromotorning o'zi ishlaydi, siz esa umuman harakat qilmaysiz. Lekin bunday vaziyatda tezlik soatiga 50 kilometrdan oshmaydi.



Velosiped shuningdek, 9 bosqichli mexanik uzatmasiga ega. Bundan tashqari, gidravlik diskli tormoz moslamasi, rangli diotli yoritish texnikasi, sensor ekranli kompyuter va ruldagi tugmacha orqali o'rindiq baland-pastligini sozlash hamda WLAN yordamida mobil telefondan foydalanish mumkin.











Категория: DUNYO XABARLARI | Ko'rildi: 843 | Qo'shdi: ANIMEADMIN
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]