Bosh sahifa »
2011 » May » 2 » Aqiqa qanday o'tdi? Nilufar Usmonova uyidan eksklyuziv reportaj!
11:39 Aqiqa qanday o'tdi? Nilufar Usmonova uyidan eksklyuziv reportaj! |

12 mart soat 13-30da Nilufar Usmonovaning uyida uning eng yaqin insonlari o'g'ilchasi Ibrohimga atalgan aqiqa marosimiga yig'ilishdi.
Hizmatda Yulduz Ibragimovnaning sozandalari va sodiq do'stlari Hamza teatri akterlari Shuhrat Nuraliyev va Sobirjon Otajonovlar, Nilufarning yaqin do'sti Jamshidlar bo'ldi. Nilufarning o'g'ilchasini hali chillasi chiqmaganligi sabab ko'rish nasib qilmadi.
Mehmonlar tarqalgach bizga ko'rinish bergan sobiq "jurnalist hamkasbim" Nilufarning ko'rinishidan yaqindagina ona bo'lganligini payqash qiyin bo'lib, juda oz muddatda o'zini tiklab olgan, ozg'ingina edi. 20 martdan Nilufar rasman ishga chiqishi va ajoyib yangilikni e'lon qilishini aytib o'tdi. Nahotki yakkahon konsert ustida ish olib borilsa? Harqalay bir ikki shama gaplardan shuni anglagandek bo'ldik.
Bu uning farzandlik bo'lganligidan keyingi eng zo'r yangilik bo'lsa kerak!
|
Ko'rildi: 837 |
Qo'shdi: Don
|