Salom sizga, Гость! Ro'yhatdan o'tish RSS

BEKORCHI.UZ

Shanba, 18.01.2025
Bosh sahifa » 2012 » Yanvar » 18 » internetda Millionlarga ishonmang...
21:04
internetda Millionlarga ishonmang...
Elektron pochtangizni tekshirasiz. Sizga xat kelibdi. Yo'q, spam ekan. O'chirishga chog'lanasizu, beixtiyor o'sha spamga qo'yilgan sarlavhalar e'tiboringizni tortadi. Ingliz tilida «Tabriklayman, siz yutdingiz!», «Pul yutug'ingizni oling!», «Mana sizga millionlar!», «Siz lotoreya g'olibisiz!», «Bu juda muhim!», «Eng yaxshi biznes-taklif» so'zlari katta harflar bilan yozilgan. Iye, bunisi qanday bo'ldi, qachon, nimada g'olib bo'libman, deb xatni ochasiz. Xabar qisqa. «Sizning e-mail adresingiz lotoreyada g'olib bo'ldi. Pulni olish uchun, ism-familiyangiz, yoshingiz, mamlakatingizni javob sifatida yozib yuboring». Ishonmaysiz. Yutib olgan pulingiz hajmi ham ishonmaydigan darajada bo'ladi. Uzun sondan keyin dollar, yevro, funt sterling belgisi. (masalan 15.000.000 $) Nima karomat ko'rsatdimki, bu pullarni yutib olaman, deysiz. Yana «orqaga» tugmasini bosishga, xatni o'chirishga chog'lanasiz. «Shoshma, mendan nima ketdi — deysiz shu payt — so'ragan shu ikki-uchta ma'lumotni yozib yuborsam bo'ldiku, qani ko'raylik-chi nima bo'larkin?».

Bir necha soat, uzog'i bilan ertasiga yana o'sha manzildan maktub keladi. Endi uch-to'rtta so'z emas, uzundan uzoq yozma nutq. Avvali jo'shqin tabriklar, o'rtasi o'zini tanishtirish (davlat xodimi, o'qimishli, muomalali inson ekanligiga amin bo'lasiz), so'ngida esa tushuntirish — bir necha yil oldin mazkur bank mijozlaridan biri aviahalokatda oilasi bilan birga halok bo'lgan, uning hisobidagi pulni hech kim talab qilmagan, shundan so'ng bank uni dunyo bo'ylab lotoreya o'yini orqali tarqatishga qaror qilgan. Pulning ma'lum foizi hamkorga (sizga xat yozgan insonga) qoladi. Sizni yana bir bor tabriklab, bu ishda muvaffaqiyat qozonmaguncha, hech kimga hech narsa aytmasligingizni tayinlashadi. Endi sizdan oldingisidan ko'proq ma'lumot talab etiladi: ish-o'qish joyingiz, diningiz, millatingiz, manzilingiz, bankdagi hisob raqamingiz (millionlarni o'tkazish uchun). Sizga ularning muomala madaniyati yuqadi, minnatdorchilik bildirib, aytganlarini yozib yuborasiz. Bankda hisobingiz bo'lmasa, ochdirasiz. Axir millionlarga osonlikcha erishish uchun bu ish bo'ptimi?

Bu orada ular bilan madaniyatli suhbatingiz davom etadi, har kuni xat almashasiz. Erkak kishi bo'lsangiz «uka», ayol kisihlarga «singlim» deb murojaat qilib, o'zlari haqida siz so'ramagan shaxsiy ma'lumotlarni ham berishga harakat qiladilar. «Chet el baribir chet el-da — deb o'ylaysiz siz — mana odob-axloq, mana muomala!» Hamkoringizdan tashqari yana 2-3 ta joydan shu mavzuda xat olasiz. Biri asosiy bank ofisi, biri advokatura. Ularning ham yozganlari rasmiy uslubda, xatlarida shtamp, muhr bor. Bir necha hujjatlar yuboradilar, ularda ham hammasi joyida: imzo, muhr. Hujjatlarning biriga «sertifikat» deb izoh beradilar, hali bunaqa sertifikatdan 3 ta bor, ularni esa sotib olish kerak… Mana, hammasi endi boshlandi! Yo'q, yo'q, aslida boshlanadigan narsa ancha oldin — siz o'sha birinchi xatni ochganingizdayaoq boshlanib bo'lgan edi. Xullas, siz sertifikatlarni sotib olishingiz kerak. Endi ko'rsatilayotgan raqamlar oldingisidan — sizning lotoreyadagi yutug'ingizdan kamroq — bir necha ming dollar. Aytaylik, yutug'ingiz 15 million dollar bo'lsa, to'lovingiz 3 ming dollar. Ular buni albatta pisanda qilishadi. «Shuni bizga yuborsangiz bo'ldi, 24 soat ichida bank hisobingiz to'ldiriladi». Xafsalangiz pir bo'ladi. «Hali pul ham beramanmi?» Tezda «javob» tugmasi tomon yo'nalasiz. Balki hamyoningizda ular so'ragan puldan ko'pi ham bordir, lekin hozirgi javobingiz bitta: «Menda buncha pul yo'q».

Javob keldi. «Bu sizning oltinga teng imkoniyatingiz, qo'ldan boy bermaslikni maslahat bergan bo'lardim. Axir bu yutuq sizniki, faqat sizniki-ku! Men sizning hamkoringizman. Muammoingizni men bilan bo'lishing, ayting, qanchasini to'lay olasiz? Sizga yordamlashaman. Unutmang, sertifikatlarni sotib olmasdan turib, millionlaringizga egalik qilolmaysiz». Uning shirin muomalasi ham yoqmay qoladi, lekin odob saqlaysiz. Pulni to'lolmayman, bu ishlarni tugatishga roziman, mazmunida javob yozasiz. wWw.bekorchi.uz siz uchun eksklyuzif malumotlar
Категория: QIZIQARLI MALUMOTLAR | Ko'rildi: 742 | Qo'shdi: ANIMEADMIN
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]