Salom sizga, Гость! Ro'yhatdan o'tish RSS

BEKORCHI.UZ

Chorshanba, 15.05.2024
Bosh sahifa » 2012 » Noyabr » 27 » Amerkaga nima bolyabdi. Yana bir palakat..???
20:05
Amerkaga nima bolyabdi. Yana bir palakat..???
22 noyabr kuni ertalab Amerikaning Texas shtati shossesida yuzga yaqin mashina to'qnashgan. KFDM Channel 6 tarqatgan ma'lumotga ko'ra, halokat natijasida 50 dan ziyod kishi jabrlangan, yana bir kishi esa halok bo'lgan. Oxirgi ma'lumotlarga qaraganda, shu yaqin atrofda joylashgan beshta kasalxonaga 51 nafar jabrlangan kishi etkazilgan. Jabrlanganlarning sakkiztasi og'ir ahvolda. Odamlarni mashinalardan chiqarib olish uchun qutqaruvchilar maxsus texnikadan foydalanishiga to'g'ri keldi. YTH tufayli avtomagistralning ikkala tomonidagi harakat vaqtinchalik yopib qo'yildi. Soat 12.00 da harakat g'arbiy yo'nalishda tiklandi. Sharqiy yo'nalish faqat 8-10 soatdan keyin ochilishi kutilmoqda. Halokat sabablari ma'lum qilinmayapti, ammo OAV tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, ertalab shosseda kuchli tuman bo'lgan. 2012 yil yanvarida shunday tuman Texasda oxirgi yillarda yuz bergan eng yirik halokat sababiga aylangandi.
Категория: QIZIQARLI MALUMOTLAR | Ko'rildi: 779 | Qo'shdi: ANIMEADMIN
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]